




📝 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan 60-sonli oilaviy poliklinikada navbatdagi reja asosidagi profilaktik tekshiruv nazorati o‘tkazildi.
🔍 Tekshiruv jarayonida muassasaning barcha bo‘limlari hamda xonalarida sanitariya-gigiyena holati sinchiklab o‘rganildi.
⚡️ Tadbir davomida:
✅Asbob-uskunalarning tozaligi va sterilizatsiya jarayoni,
✅Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik holati,
✅Shaxsiy gigiyena vositalarining mavjudligi,
✅Ish joylarining ventilyatsiya va yoritilish talablari,
✅Xonalar harorati, suv ta’minoti va chiqindilarni to‘g‘ri yo‘qotish tizimi kabi masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.
👩⚕️ Tadbirning asosiy maqsadi — aholiga, ayniqsa bolalarga sifatli va xavfsiz tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, tibbiyot muassasalarida toza va sog‘lom muhit yaratish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olishdir.
💬 Shu kabi profilaktik tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilishi, aholining sog‘ligini saqlash va sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
♻️ Tozalik — sog‘lom hayot garovi!
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi