Bozor rastalarida nazorat — iste’molchilar xavfsizligi kafolati

25 октября, 2025

✅ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi xodimlari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari tomonidan muntazam ravishda olib borilayotgan nazorat tadbirlari doirasida “Askiya” dehqon bozorida keng qamrovli o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

🔎 Tekshiruvdan asosiy maqsad:

Bozorda sotilayotgan mahsulotlarning sifatini ta’minlash;
Iste’molchilar salomatligiga xavf tug‘diradigan mahsulotlarning oldini olish;
Muddati o‘tgan yoki noto‘g‘ri saqlangan mahsulotlarni savdodan chiqarish;
Sotuvchilarning maxsus kiyimlarda bo‘lishi va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishini nazorat qilish.

☝️ O‘rganish natijalari bo‘yicha:
Savdoda iste’molga yaroqsiz mahsulotlar aniqlandi. Xususan:
🌶 5.8 kg garimdori;
🍅11.2 kg pomidor;
🍌9.2 kg banan. Bu mahsulotlar aholi salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi sababli is’temolchilarga yetib borishidan oldin savdodan chiqarildi.

⚠️ Shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday profilaktik tekshiruvlar muntazam ravishda o‘tkazilib, aholining iste’mol qilayotgan mahsulotlari sifatini kafolatlashga xizmat qiladi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi

Оставьте комментарий