
📜 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririda har bir fuqaroning sog‘ligini saqlash huquqi aniq belgilangan. Bu davlat zimmasiga aholining sog‘lom hayotini ta’minlash va profilaktik nazoratni kuchaytirish majburiyatini yuklaydi.
⚖️ 48-modda:
👉 Har kim sog‘ligini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
👉 Davlat kasalliklarning oldini olish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni saqlash, sog‘lom yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.
💉 Profilaktik nazorat — bu:
✅ Yuqumli kasalliklarning oldini olish;
✅ Aholining sanitariya madaniyatini oshirish;
✅ Atrof-muhit va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
✅ Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashish.
🌿 Profilaktika — davolashdan muhimroq!
Konstitutsiyamiz bilan himoyalangan sog‘lom hayot — har bir fuqaroning ajralmas huquqidir.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi