





✅ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi xodimlari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari tomonidan muntazam ravishda olib borilayotgan nazorat tadbirlari doirasida “Askiya” dehqon bozorida keng qamrovli o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
🔎 Tekshiruvdan asosiy maqsad:
Bozorda sotilayotgan mahsulotlarning sifatini ta’minlash;
Iste’molchilar salomatligiga xavf tug‘diradigan mahsulotlarning oldini olish;
Muddati o‘tgan yoki noto‘g‘ri saqlangan mahsulotlarni savdodan chiqarish;
Sotuvchilarning maxsus kiyimlarda bo‘lishi va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishini nazorat qilish.
☝️ O‘rganish natijalari bo‘yicha:
Savdoda iste’molga yaroqsiz mahsulotlar aniqlandi. Xususan 8 kg uy sharoitida tayyorlangan lag’mon, tovuq boshi va qiymasi, do’konlarda sotilayotgan yaroqsiz holatga kelgan mol go’shti qiymasi bundan tashqari rastadan tashqarida sotilayotgan non mahsulotlari aholi salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi sababli is’temolchilarga yetib borishidan oldin savdodan chiqarildi.
⚠️ Shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday profilaktik tekshiruvlar muntazam ravishda o‘tkazilib, aholining iste’mol qilayotgan mahsulotlari sifatini kafolatlashga xizmat qiladi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi