




🩺 Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani boʻlimi xodimlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida profilaktik tekshiruv o‘tkazildi.
🔍 Tekshiruv jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
✅ Gripp va yuqori nafas yo‘llari infeksiyalarining oldini olish choralari;
✅ Hayvonlardan yuqadigan kasalliklarga qarshi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi;
✅ Shifoxona ichi infeksiyalarining tarqalishining oldini olish holatlari.
💬 Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — aholining sog‘lig‘ini saqlash, tibbiyot muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda kasalliklarning oldini olishdir.
🛡 Sog‘lom muhit — sog‘lom jamiyat!
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi