


✅ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Qushbegi mavzesida joylashgan “Grand Shosh” mehmonxonasida pullik xizmat asosida dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi. Ushbu ishlar tumandagi sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, kasalliklarning oldini olish hamda aholining salomatligini himoya qilish maqsadida o‘tkazildi.
🧴 Dezinfeksiya jarayonida mehmonxonaning barcha ichki xonalari, yo‘laklar, oshxona, hojatxonalar, dam olish hududlari va umumiy foydalanish joylari maxsus kimyoviy vositalar yordamida tozalandi.
👩🔬 Ishlar tajribali mutaxassislar tomonidan xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda bajarildi. Shu orqali virus va bakteriyalarning tarqalish xavfi kamaytirilib, mehmonlar va xodimlar uchun yanada sog‘lom muhit yaratildi.
✅ Dezinfeksiya ishlari muntazam ravishda olib borilishi gigiyena madaniyatini oshirish va profilaktika choralari samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
🛡 Har bir jamoat joyida, xususan mehmonxonalar, restoranlar va boshqa xizmat ko‘rsatish maskanlarida sanitariya talablariga qat’iy amal qilish aholining farovonligi va sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi
Telegram (https://t.me/sanepidqomyakkasaroy) | Instagram | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100077888799146)