


✅ Yakkasaroy tuman Tibbiyot birlashmasi Ko‘p tarmoqli klinikasi hamda 3-son Shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida shoshilinch xabarnomalarni DMED tizimiga kiritish bo‘yicha uslubiy-amaliy o‘rganish o‘tkazildi.
🩺 Mazkur mashg‘ulotda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani bo‘limi vrach-epidemiologlari ham ishtirok etishdi. Mutaxassislar tomonidan tizimdan foydalanish qoidalari, xabarnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish tartibi va amaliyotda uchraydigan xatoliklarni oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
🔹 Tadbir davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
✔️Yuqumli kasalliklar bo‘yicha shoshilinch xabarnomalarni o‘z vaqtida va aniq kiritish;
✔️DMED tizimi orqali tezkor va shaffof axborot almashinuvi;
✔️Kasalliklarni erta aniqlash hamda epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash;
✔️Aholi sog‘ligini muhofaza qilishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.
✨ Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar amaliy topshiriqlar bajarib, tizimda ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari tibbiyot muassasalarida xizmat sifatini oshirish, kasalliklarning tarqalishini oldini olish va profilaktika choralarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
📢 Shuningdek, bunday o‘rganishlar doimiy ravishda davom ettirilib, xodimlarning bilim va malakalarini oshirish orqali aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat samaradorligi yanada yaxshilanadi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi