








🗓 Joriy yilning 15–17 noyabr kunlari Toshkent shahrida nufuzli xalqaro tadbir — Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
🔹 Mazkur tadbir oldidan Toshkent shahar hokimligi hamda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tadbir uchun tanlab olingan mehmonxonalar sanitariya-gigiyena holatini o‘rganish va nazoratdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
🧼 Tekshiruv davomida mehmonxonalarining:
✅ xona va umumiy foydalanish joylari tozaligi;
✅ ichimlik suvi sifat holati;
✅ ovqatlanish joylari sanitariya qoidalariga rioya etilishi;
✅ chiqindilarni to‘g‘ri saqlash va tashish tartiblari
keng qamrovda ko‘zdan kechirildi.
💬 Bunday chora-tadbirlar yurtimizga tashrif buyurayotgan xorijiy mehmonlar uchun qulay, xavfsiz va sog‘lom muhit yaratish, shuningdek, poytaxtimizning xalqaro miqyosdagi obro‘sini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
🤝 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik — jamoaviy mas’uliyatdir!
Toshkent shahrida o‘tayotgan ushbu yirik xalqaro uchrashuv munosabati bilan barcha soha vakillari hamjihatlikda faoliyat yuritmoqda.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi