Aholi o‘rtasida yangicha «mahallabay» ishlash tizimi bo’yicha targ’ibot tadbirlari o’tkazildi

2 октября, 2025

Aholinining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi bilan bog’liq muammolarini hal etishning yangicha «mahallabay» ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani bo’limi xodimlari tomonidan tumandagi bir qancha mahallalarida targ’ibot tadbirlari yo’lga qo’yildi.

✅Bo‘lim mutaxassislari tomonidan aholi o’rtasida hududlar orastaligini saqlash, xonadonlarda sanitariya-gigiyena tartiblariga, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sog’lom turmush tarzini yuritish, to’g’ri ovqatlanishga amal qilish, toza ichimlik suvi va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishga qaratilgan targ’ibot tadbirlari o’tkazildi.

✅ Shuningdek, yuqumli va parazitar kasalliklarni kelib chiqish sabablari, botulizm va ovqatdan zaharlanishlarni oldini olish chora-tadbirlari, qizamiq, virusli gepatit A, quturish kasalliklari va yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash tadbirlarini ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borilib, maxsus tayorlangan eslatma xatlari va targ’ibot materiallari tarqatildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi

Оставьте комментарий