“Askiya” dehqon bozori savdo rastalari nazoratdan o‘tkazildi

27 сентября, 2025

✅ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi xodimlari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari tomonidan muntazam ravishda olib borilayotgan nazorat tadbirlari doirasida “Askiya” dehqon bozorida keng qamrovli o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

🔎 Tekshiruvdan asosiy maqsad:

Bozorda sotilayotgan mahsulotlarning sifatini ta’minlash;
Iste’molchilar salomatligiga xavf tug‘diradigan mahsulotlarning oldini olish;
Muddati o‘tgan yoki noto‘g‘ri saqlangan mahsulotlarni savdodan chiqarish;
Sotuvchilarning maxsus kiyimlarda bo‘lishi va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishini nazorat qilish.

☝️ O‘rganish natijalari bo‘yicha savdoda iste’molga yaroqsiz mahsulotlar aniqlandi. Xususan, 4 litr uy sharoitida tayyorlangan tuzlama mahsulotlari, uy sharoitida tayyorlangan baliq salati va organaleptik xususiyatini yoqotgan poliz mahsulotlari, qoziqorin mahsulotlari aholi salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi sababli is’temolchilarga yetib borishidan oldin savdodan chiqarildi.

Bundan tashqari non rastalarida sotishi kerak bo’lgan non mahsulotlari rastadan tashqarida sotilayotgani aniqlanib savdosi to’xtatildi sotuvchilarga tegishli tartibda ogoxlantirish berildi.

🧹 Tekshiruv davomida bozor hududining umumiy tozaligi, chiqindilarning yig‘ilishi, rastalarning gigiyenik holati ham ko‘zdan kechirildi.

⚠️ Shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday profilaktik tekshiruvlar muntazam ravishda o‘tkazilib, aholining iste’mol qilayotgan mahsulotlari sifatini kafolatlashga xizmat qiladi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi

Оставьте комментарий