Muddati o‘tgan yaroqsiz mahsulotlar savdodan olindi

30 сентября, 2025

📍 Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani xodimlari tomonidan Bobur ko‘chasida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida aholiga sotilayotgan ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish muddati o‘rganildi. O’rganishlar natijasida quyidagilar aniqlandi:

🧁 5,7 kg qandolat mahsulotlari;
🥤 4 litr salqin ichimliklar.

❌ Mazkur mahsulotlar muddatidan o‘tib ketgani va bombaj holatiga kelgani sababli savdodan olinib, maxsus tartibda brakeraj qilindi.

⚠️ Bunday mahsulotlar inson salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun ular iste’molchilarga yetib bormasligi maqsadida nazorat ostida zararsizlantirildi.

✅ Sanitariya-epidemiologiya bo’limi muntazam nazorat ishlari aholining salomatligini asrash, sifatsiz va yaroqsiz mahsulotlarning oldini olishga qaratilgan.

📢 Hurmatli fuqarolar! Xarid vaqtida mahsulotning yaroqlilik muddatiga, qadoqlanishi va saqlash sharoitlariga alohida e’tibor bering. Bu siz va yaqinlaringizning salomatligini himoya qiladi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi

Telegram (https://t.me/sanepidqomyakkasaroy) | Instagram | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100077888799146)

Оставьте комментарий