



🩺 Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani xodimlari tomonidan tumanda joylashgan mahallalar bo’ylab o‘tkir ichak kasalliklarining oldini olish bo‘yicha aholiga tushuntirish ishlari olib borildi va tegishli tartibda dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
📌 Tadbir davomida quyidagi mavzular yoritib berildi:
✅ Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishning ahamiyati;
✅ Toza ichimlik suvidan foydalanish va uni saqlash qoidalari;
✅Oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish;
✅ Infeksiyalarning yuqish yo‘llari va profilaktik chora-tadbirlar.
🔔 Maqsad: Aholi salomatligini saqlash, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.
🟢 Ushbu tadbir aholining gigiyena va sanitariya madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
🛑 Issiq ob-havo davrida suv va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga alohida e’tibor qarating. Har qanday holatda ham shifokor ko‘rigisiz o‘z-o‘zini davolashga urinmang!
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi
Telegram (https://t.me/sanepidqomyakkasaroy) | Instagram | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100077888799146)