




👦👧 Profilaktik kalendarga asosan 1-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ADS-M (difteriya va qoqsholga qarshi) hamda OPV (poliomiyelitga qarshi) vaksinalari bilan emlash ishlari amalga oshirildi.
💉 Ushbu tadbirlar Tuman oilaviy poliklinika mutaxasislari va Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.
🛡 Emlashning ahamiyati:
🔹 Bolalarni xavfli infeksion kasalliklardan himoya qiladi;
🔹 Immunitetni mustahkamlaydi;
🔹 Kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratadi.
👨👩👧👦 Hurmatli ota-onalar!
Farzandlaringizni emlash – ularning sog‘lom kelajagini ta’minlashdagi eng ishonchli qadamdir.
✅ Sog‘lom bola – sog‘lom jamiyat!
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi