


‼️Yakkasaroy tumanidagi «Askiya» bozorida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani bo’limi va Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirida muhim holat aniqlandi.
🍗Natijada «Askiya» dehqon bozorida iste’molga yaroqsiz 1.02kg tuxum mahsulotlari savdoga qo‘yilgani aniqlandi.
✅ Mazkur mahsulot belgilangan tartibda savdodan olindi va yo‘q qilindi.
⚠️ Esda tuting, sifatsiz mahsulotlarning iste’molchiga yetib bormasligi — jamoat salomatligini himoya qilishning eng muhim shartlaridan biridir.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi