






✅ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tuman obodonlashtirish boshqarmasida kuzgi-qishgi mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha oʻrganildi.
🛠 Oʻrganish jarayonida:
✅Mavjud infratuzilma holati;
✅Mavsumiy ob-havo sharoitiga tayyorgarlik;
✅Yoʻl va piyodalar xavfsizligini taʼminlash;
✅Isitish tizimlari va ijtimoiy soha obyektlarida zaruriy taʼmirlash ishlari;
✅Hududlarni tozalikda saqlash hamda qor va muzlarni oʻz vaqtida tozalash rejalari batafsil koʻrib chiqildi.
📑 Oʻtkazilgan tekshiruv va oʻrganishlar natijalari yuzasidan maxsus maʼlumot tuman prokuraturasiga yuborildi.
🌐 Ushbu nazorat ishlari kelgusida kuzgi-qishgi mavsum davomida aholiga qulay sharoit yaratish, xavfsizlikni taʼminlash hamda obodonlashtirish xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan.
👉 Xulosa: Tuman obodonlashtirish boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni puxta bajarishi uchun tegishli choralar koʻrildi va jarayon ustidan doimiy nazorat oʻrnatildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi