



✅ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi xodimlari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari tomonidan muntazam ravishda olib borilayotgan nazorat tadbirlari doirasida “Askiya” dehqon bozorida keng qamrovli o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
🔎 Tekshiruvdan asosiy maqsad:
Bozorda sotilayotgan mahsulotlarning sifatini ta’minlash;
Iste’molchilar salomatligiga xavf tug‘diradigan mahsulotlarning oldini olish;
Muddati o‘tgan yoki noto‘g‘ri saqlangan mahsulotlarni savdodan chiqarish;
Sotuvchilarning maxsus kiyimlarda bo‘lishi va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishini nazorat qilish.
☝️ O‘rganish natijalari bo‘yicha:
Savdoda iste’molga yaroqsiz mahsulotlar aniqlandi. Xususan:
🐓30.8kg tovuq ichki a’zolari va jigari.
Bu mahsulotlar aholi salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi sababli is’temolchilarga yetib borishidan oldin savdodan chiqarildi.
🧹 Tekshiruv davomida bozor hududining umumiy tozaligi, chiqindilarning yig‘ilishi, rastalarning gigiyenik holati ham ko‘zdan kechirildi.
👩🏫 Sotuvchilarga esa quyidagi masalalarda tushuntirish ishlari olib borildi:
Jazirama kunlarda tez buziladigan mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash;
Sovutkichlardan foydalanish va saqlash muddatiga qat’iy amal qilish;
Shaxsiy gigiyena va sanitariya talablariga rioya etish.
⚠️ Shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday profilaktik tekshiruvlar muntazam ravishda o‘tkazilib, aholining iste’mol qilayotgan mahsulotlari sifatini kafolatlashga xizmat qiladi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi