


📍 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Sh. Rustaveli ko‘chalari bo‘ylab joylashgan irrigatsiya tarmoqlarida anopheles chivinlariga qarshi dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.
🦟Anopheles chivini – inson salomatligi uchun xavfli bo‘lib, u turli yuqumli kasalliklarni tarqatishi mumkin. Shu sababli, muntazam dezinfeksiya ishlari aholining osoyishta hayoti va farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Tadbir davomida:
Suv yo‘laklari va ariqlar maxsus preparatlar yordamida tozalandi;
Zararkunandalar ko‘payishi va tarqalishining oldi olindi;
Aholi yashash hududida gigiyenik sharoitlar yaxshilandi.
⚠️ Hurmatli fuqarolar!
Siz ham sog‘lom muhit yaratishda faol ishtirok etishingiz mumkin:
🧼 O‘z hovlingizni doimo ozoda saqlang;
💧 Suvning turg‘un joylarda to‘planishiga yo‘l qo‘ymang;
🚮 Axlat va chiqindilarni belgilangan joyga tashlang.
🌿 Ushbu oddiy qoidalarga amal qilish orqali biz birgalikda chivinlar tarqalishining oldini olamiz va sog‘lom kelajak sari qadam tashlaymiz.
Toza muhit — sog‘lom hayot!
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi
Telegram (https://t.me/sanepidqomyakkasaroy) | Instagram | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100077888799146)