Parazit kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi

17 сентября, 2025

📝Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi Parazitologiya laboratoriyasi xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumanidagi 91-maktabda o‘quvchilarning sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishi o‘rganildi.

🔹 Mutaxassislar tomonidan o‘quvchilardan perianal qirindi usuli orqali analiz namunalari olindi. Ushbu usul orqali bolalarda uchrashi mumkin bo‘lgan parazitar kasalliklar erta aniqlanadi va ularning oldini olish choralari ko‘riladi.

🔹 Tekshiruv bilan bir qatorda o‘quvchilarga, shuningdek, maktab jamoasiga shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligi haqida tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Qo‘lni tez-tez sovunlab yuvish, ovqatdan oldin va hojatxonadan keyin gigiyenaga amal qilish, tirnoqlarni toza saqlash hamda umumiy tozalikka e’tiborli bo‘lish kabi oddiy qoidalar bolalarni ko‘plab kasalliklardan himoya qilishi ta’kidlandi.

✅ Tadbir davomida gigiyenaga amal qilishning nafaqat bolalar, balki ota-onalar va pedagoglar uchun ham muhimligi eslatib o‘tildi. Sog‘lom avlodni tarbiyalashda gigiyena madaniyatini shakllantirish — eng muhim vazifalardan biri ekaniga urg‘u berildi.
🛡 Ushbu tekshiruv va targ‘ibot ishlarining asosiy maqsadi – bolalar salomatligini asrash, parazitar kasalliklarning tarqalishini oldini olish va maktab muhitida sog‘lom sharoit yaratishdir.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi

Оставьте комментарий