
🧾 Pedikulyoz – bu bitlar keltirib chiqaradigan yuqumli parazitar kasallik bo‘lib, asosan bosh sochlarida, kiyimlarda yoki qov sohasida uchraydi. U odamdan odamga tez yuqadi va gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida keng tarqaladi.
🔎 Asosiy belgilar:
Doimiy qichishish va bezovtalik;
Soch ildizida yoki kiyim tikuv joylarida sirkalar (tuxumlar) paydo bo‘lishi;
Tirnalish natijasida terida qizarish va yara hosil bo‘lishi;
Bolalarda uyqusizlik va tinchsizlanish.
⚠️ Asoratlari:
🔹Teri yallig‘lanishi (dermatit);
🔹Ikkinchi darajali bakterial infeksiyalar;
🔹Ijtimoiy noqulaylik va gigiyena muammolari.
🛡 Oldini olish choralari:
✅Shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish;
✅Taroq, sochiq va bosh kiyimni boshqalar bilan ishlatmaslik;
✅Bolalarni muntazam ko‘zdan kechirish;
✅Kiyim-kechak va yotoq buyumlarini qaynoq suvda yuvish va dazmollash.
💊 Davolash:
Maxsus pedikulyozga qarshi shampun, lason yoki malhamlardan foydalanish, sochlarni sinchkovlik bilan tarash va sirkalarni olib tashlash lozim.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi