«Tepa» mahallasida dezinfeksiya tadbiri oʻtkazildi

15 сентября, 2025

📍Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani bo’limi xodimlari tomonidan «Tepa» mahallasida, yashovchi fuqarolardan tushgan shikoyat asosida dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

🔬 Dezinfeksiya tadbirining asosiy maqsadi:

🔹Aholi salomatligini muhofaza qilish;
🔹Kasalliklarning tarqalishining oldini olish;
🔹Xonadon va uning atroflarida sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashdir.

👨‍🔬 Mutaxassislar tomonidan bajarilgan ishlar:
✅ Xonadon ichki qismi va hovli maxsus vositalar bilan tozalandi;
✅ Zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berildi;
✅ Atrof-muhitda yuqumli kasalliklarning kelib chiqishini oldini olish chorasi sifatida profilaktik ishlov oʻtkazildi;
✅ Aholiga gigiyena va tozalik qoidalariga qatʼiy amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

📢 Shuningdek, xonadon egalariga va qoʻshni fuqarolarga:

🚯Chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash;
🫗Ichimlik suvini faqat qaynatib isteʼmol qilish;
🪠Uy va hovlida muntazam tozalikni saqlash;
🐀Zararkunandalar paydo boʻlishining oldini olish choralarini koʻrish haqida tavsiyalar berildi.

💡 Eslatib oʻtamiz, dezinfeksiya tadbirlari aholi murojaatlari asosida muntazam amalga oshirib boriladi. Bu esa tumanda sanitariya holatini yaxshilash va sogʻlom muhitni taʼminlashga xizmat qiladi.

❗️ Hurmatli fuqarolar!
Oʻzingizning va yaqinlaringizning salomatligi uchun gigiyena qoidalariga amal qiling, tozalikni doimo saqlang va zarur holatlarda mutaxassislarga murojaat qiling.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi

Оставьте комментарий