Qo’shma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotida rejali tekshiruv ishlari amalga oshirildi

13 сентября, 2025

📌Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani boʻlimi xodimlari tomonidan »Boshliq» mavzesida joylashgan 369-sonli qo’shma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotida belgilangan rejaga muvofiq tekshiruv ishlari o‘tkazildi.

🔍 Tekshiruv jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida eʼtibor qaratildi:

⚡️Taʼlim muassasasining umumiy sanitariya-gigiyena holati;
⚡️Ichimlik suvi taʼminoti va ovqatlanish blokidagi gigiyenik sharoitlar;
⚡️Oshxona jihozlari va mahsulotlarning saqlanish holati;
⚡️Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik hujjatlari;
⚡️Bolalar sog‘ligi uchun xavfsizlik meʼyorlariga rioya etilishi.

👩‍⚕️ Tekshiruv natijasida ayrim kamchiliklar qayd etilib, ularni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar va amaliy tavsiyalar berildi.

📌 Shuningdek, tashkilot rahbariyatiga gigiyena talablarini yanada mustahkamlash, bolalar salomatligi va xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha muntazam choralar ko‘rib borish lozimligi taʼkidlandi.

👉 Rejali tekshiruvlarning asosiy maqsadi — maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar uchun sog‘lom, xavfsiz va qulay muhitni yaratishdan iboratdir.

🛡 Eslatma: Aziz ota-onalar farzandlaringiz toza muhitda ulg’ayishiga e’tiborli bo’ling!

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi

Оставьте комментарий