



👮🏼♂️Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan, Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi ijro varaqasiga asosan katta hajmdagi dori vositalari yoʻq qilinmoqda.
💊 Jumladan, “Quramax Medical” MCHJ va bojxona omborxonalarida saqlanib kelgan 3,2 million donadan ortiq dori vositalari zararsizlantirilmoqda.
⚠️ Ayniqsa, yurtimizda bolalar oʻlimi va nogironligiga sabab boʻlgan:
“Dok-1 Max”
“Ambronol”dorilari maxsus tartib asosida pechlarda yoqilib, mutlaqo zararsiz holga keltirilmoqda.
👨⚕️ Ushbu jarayonda Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani boʻlimi xodimlari ham faol ishtirok etib, nazorat ishlarini olib bormoqda.
✅ Tadbirning asosiy maqsadi – aholining sogʻligini himoya qilish, xavfli dorilarni butunlay muomaladan chiqarish va kelgusida bunday salbiy oqibatlarning oldini olishdan iboratdir.
🔎 Yakkasaroy tumani xodimlari tomonidan dorilar yoʻq qilish jarayoni qatʼiy nazorat ostida olib borilmoqda va bu orqali aholiga ishonchli sogʻlom muhit yaratishga hissa qoʻshilmoqda.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi
Telegram (https://t.me/sanepidqomyakkasaroy) | Instagram | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100077888799146)