





📌 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan aholining salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida keng qamrovli tadbir o‘tkazildi.
✅ Tadbir jarayonida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
🥤Salqin ichimliklar savdosi ustidan nazorat olib borildi;
🍘Ovqatlanish shoxobchalari, somsa xonalari va boshqa jamoat joylarida tozalik va sanitariya talablariga rioya etilishi o’rganildi, bunga ko’ra o’z hudududan tashqarida savdo olib borilayotgani aniqlangan ovqatlanish shoxobchalari, somsa xonalari va boshqa jamoat joylar tekshirildi va tegishli tartibdi savdodan olindi;
🧹Atrof hududlardagi chiqindilar yig‘ilishi, chiqindilarni to‘g‘ri tashish va olib chiqish ishlari nazoratdan o‘tkazildi;
📝Sanitariya talablariga javob bermaydigan noqonuniy savdo nuqtalari faoliyati to‘xtatilib, butunlay bartaraf qilindi.
⚠️ Nega bu tadbir muhim?
🔹 Ko‘cha sharoitida nazoratsiz sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari inson salomatligi uchun katta xavf tug‘diradi;
🔹 Chiqindilar o‘z vaqtida olib tashlanmasa, turli yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin;
🔹 Ovqatlanish shoxobchalari va umumiy ovqatlanish maskanlarida tozalikka rioya etilmasa, oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklar ko‘payishi xavfi bor;
🔹 Faqat qonuniy va sanitariya talablariga javob beradigan joylardan mahsulot xarid qilish — sog‘liqni himoya qilishning eng muhim kafolatidir.
🛡 Yakkasaroy tumanida aholining xavfsizligi, sog‘lom ovqatlanishi va qulay hayot tarzini ta’minlash maqsadida bunday nazorat tadbirlari muntazam davom ettiriladi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi
Telegram (https://t.me/sanepidqomyakkasaroy) | Instagram | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100077888799146)