
🟢 Inson salomatligini asrashda eng oddiy va samarali choralaridan biri — bu qoʻllarni toʻgʻri yuvishdir.
Sababi:
✔️ 80% yuqumli kasalliklar qoʻllar orqali yuqadi;
✔️ Toza qoʻllar – sogʻlom avlod kafolati;
✔️ Oddiy gigiyena qoidalari sizni va yaqinlaringizni koʻplab kasalliklardan himoya qiladi.
📌 “Toza qoʻllar dasturi” doirasida aholiga quyidagi tavsiyalar beriladi:
Ovqatlanishdan oldin va keyin qoʻllarni yuvish;
Koʻchadan qaytgach, albatta qoʻllarni sovun bilan tozalash;
Jamoat joylarida qoʻl gigiyenasiga e’tibor berish;
Bolalarga qoʻl yuvish odatini oʻrgatish.
🌍 Esda tuting! Har bir toza qoʻl – bu sogʻlom jamiyat sari tashlangan qadamdir.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi