Yakkasaroy tumanida anopheles chiviniga qarshi entomologik tadbirlar

9 сентября, 2025

📍Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan hududdagi irrigatsiya tarmoqlaridan suv namunalarini olish ishlari olib borildi.

🔍 Tadbirning maqsadi:

🧪Anopheles chivini lichinkalarini aniqlash;
🦟Chivinlar populyatsiyasini nazorat qilish;
🛡Kasalliklarning oldini olish uchun erta choralar ko‘rish.

👉 Ma’lumki, anopheles chivini bezgak (malarija) kabi xavfli kasalliklarni yuqishida asosiy vositachi hisoblanadi. Shu bois hududlarda muntazam ravishda entomologik kuzatuv va profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ Ushbu nazorat ishlari orqali:

🌿Chivinlar tarqalish xavfi kamaytiriladi;
👨‍👩‍👧‍👦Aholi salomatligi muhofaza qilinadi;
📊Epidemiologik barqarorlik ta’minlanadi.

🌱 Xulosa: Entomolog xodimlarining muntazam nazorati tufayli hududda xavfli kasalliklarning tarqalishi oldi olinib, aholiga sog‘lom turmush sharoiti yaratilmoqda.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi.

Оставьте комментарий