Bezgak kasalligini oldini olish bo’yicha targ’ibot ishlari olib borildi

22 апреля, 2025

📌Yakkasaroy tumanida joylashgan tuman 60-oilaviy poliklinika xodimlarga va Ch.Rustavelli ko’chasida joylashgan umumiy ovqatlanish markazlarida bezgak kasalligi profilaktikasi bo’yicha seminar o’tkazildi va targ’ibot ishlari amalga oshirildi.

🟢Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy  tuman boʻlimi parazitologiya bo’linmasi xodimlari tomonidan bezgak kasalligini oldini olish bo’yicha seminar o’tkazildi.

✅Seminarda bezgak kasalligini qanday yuqishi, klinik belgilari va erta tashxis qo’yish haqida tushunchalar berildi. Seminar ochiq suxbat ko’rinishida o’tkazilda va tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
Seminarda bu kasallikni oldini olishda sanitariya talablariga amal qilish, tozalikga e’tibor berish ahamiyati katta ekanligi tushuntirildi.

📚Bezgak kasalligi sogʻlom insonga bemordan, yuqorida qayd etilgan Anofeles turiga mansub chivinlarning chaqishi orqali oʻtadi. Chivin bezgakka chalingan insonni chaqqanida, uning oshqozoniga qon orqali parazitlar tushadi. Chivin organizmida parazitlar bir necha kun rivojlanadi va yuqumli parazit tashuvchisiga aylanadi. Sogʻlom odamni chaqqanda chivinning soʻlagi orqali infeksiya odam organizmiga tushadi hamda maʼlum bir vaqt ichida insonda kasallik belgilari paydo boʻladi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi