





Profilaktik dezinfeksiya tadbirlar o’tkazildi
🟢Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman boʻlimi dezinfeksiya tadbirlari bo’limi xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan «Krokus plaza» mehmonxonasi, «Fayozxon» farm dorixonasi, «Nuber won» umumiy ovqatlanish markazida profilaktik dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirildi.
👨⚕️Yuqumli kasalliklarni oldini olishda shubhasiz dezinfeksiya tadbirlarini ahamiyati katta. Aholi gavjum joylarda yuqumli kasalliklar tez tarqalishi kuzatiladi. Kunlar sovushi bilan bolalar orasida gripp va ORVI kabi infeksiyalar tez tarqaladi. Dezinfeksiya bu kasalliklar tarqalishini oldini olishda samarali natija beradi.
📕 Dezinfeksiya (dez… va infeksiya), yuqumsizlantirish — yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar va boshqalar)ni yoʻq qilish. Keng maʼnodagi Dezinfeksiyaga odam bilan hayvonlar uchun zararli hasharotlarni yoʻq qilish — dezinseksiya va zararli kemiruvchilarni yoʻq qilish — deratizatsiya ham kiradi.
✅Tashkilotingizda dezinfeksiya tadbirlarini amalga oshirish istagi paydo bo’lsa yoki savollar tug’ilsa tuman sanepidqo’mita xodimlariga murojaat qilishingiz mumkun.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi