


✅Sanepidqo’mitaning Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo’limi xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumanida joylashgan «Askiya» dehqon bozorida va bozor hududida joylashgan savdo obyektlarida o’rganish ishlari olib borildi. Mahsulotlarning saqlash qoidalarining talab darajasida ega ekanligiga, saqlash muddati o’tgan mahsulotlarning yo’qligiga, sotuvchilarning mahsus kiyimlarda bo’lishiga etibor berildi.
O’rganishlar natijasida, sifati kafolatlanmagan, uy sharoitida tayyorlangan va istemol uchun xavfli dep topilgan 12 ta yarim litrli suv idishlariga tayorlangan mahsulotlar savdosi aniqlandi. Sifatsiz dep topilgan mahsulotlar tegishli tartibda brokirovka qilindi.
📌Uy sharoitida tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanishlarning eng xavfli turi, hatto ba’zida o‘lim bilan yakunlanuvchi – botulizm kasalligi uchrab turadi.
✅Sifatsiz va odam salomatligi uchun xavfli dep topilgan mahsulotlar veterinariya laboratoriyalarida tegishli tartibda brokirovqa qilindi. Qoida buzgan shaxslarga bayonnoma to’ldirildi, ogohlantirish berildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi