Umumiy ovqatlanish markazlarida monitoring o’tkazildi

28 апреля, 2025

✅Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani bo‘limi sanitariya bo‘linmasi mutaxassislari tomonidan Yakkasaroy tumanida joylashgan «Seoul Mun» savdo va ko‘ngilochar markazida joylashgan ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya holati, taomlar tayyorlanish va realizatsiya qilish jarayonlari amaldagi Sanitariya qoida va meʼyorlariga muvofiq tashkil etilganligi o‘rganildi.
✅Xizmatchilarni maxsus gigiyenik ust-bosh bilan yetarli miqdorda ta’minlanganligi, tibbiy ko‘rik daftarchalari mavjudligi nazoratdan o‘tkazildi.

📌📌Xodimlarga quyidagilar aytib o’tildi.
•Shaxsiy gigiyena (qo‘l yuvish, toza kiyimda ishlash, tirnoqlarni toza saqlash)
•Ish joyini toza saqlash
•Oziq-ovqatni ifloslantiruvchi omillardan himoya qilish
•Kasallik belgilari bo‘lsa (isitma, yo‘tal, qusish), ishga chiqmaslik aytib o’tildi.

📗Umumiy ovqatlanish tarmog‘ida tayyorlanadigan yoki tayyor holdagi har qanday taom va ichimliklar avvalo, iste’mol uchun yaroqli va xavfsiz bo‘lishi aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olishdagi muhim talablardan hisoblanadi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Yakkasaroy tuman bo’limi